Soya yetishtiruvchilar assotsiatsiyasi tuziladi

0
45
marta ko‘rilgan.

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Oqdaryo tumanida iqtisodiy loyihalar bilan tanishish chog‘ida topshiriq berdi.

Davlatimiz rahbari soya yog‘i xaridorgir va sog‘liq uchun foydali ekani, uning shroti parranda uchun zarur oziqa bo‘lishini ta’kidladi.

Shu yerda Samarqand viloyatida parrandachilik, chorvachilik, baliqchilik, asalarichilik va boshqa tarmoqlarni rivojlantirish, meva-sabzavot yetishtirish va eksport qilishni ko‘paytirish loyihalari taqdimoti o‘tkazildi.

Prezident loyihalar qamrovini oshirish, ishbilarmonlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Tadbirkorlar bilan suhbatlashib, aytgan masalalarini joyida hal qildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.