2018 yilgi taqvim rejaga asosan, qolaversa, Janubiy-Qozog‘iston okrugi yunon-rum kurashi, erkin va ayollar kurashi federatsiyasining taklifiga ko‘ra, yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Chimkent shahrida o‘tkazilgan V.Ya.Urgenin xotirasiga bag‘ishlangan Respublika ochiq chempionatida ishtirok etdi.
Musobaqada Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston hamda O‘zbekiston mamlakatlari sportchilari qatnashdilar.
Turnirda qatnashgan yosh sportchilarimiz 3 ta oltin, 2 ta kumush, 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 9-13 may kunlari Toshkentda o‘tkaziladigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Ushbu qit’a birinchiligi oktyabr oyida Argentinada o‘tkaziladigan o‘smirlar olimpiadasiga yo‘llanma beradi.
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Matbuot xizmati