“Sport” telekanali O‘zbekiston milliy terma jamoasining Afrikadagi o‘rtoqlik o‘yinlarini jonli efirda namoyish etadi

0
175
marta ko‘rilgan.

Xabaringiz bor, futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi mart oyida jahon chempionati ishtirokchilariga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. 

O‘FA qoshida tashkil etilgan murabbiylar kenagashi boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi 23 mart kuni Senegal terma jamoasiga qarshi maydonga tushsa, 27 mart kuni Marokash vakillariga qarshi bahs yuritadi. Har ikkala uchrashuv Kasablanka shahrida bo‘lib o‘tadi. 

Ushbu o‘yinlarni jonli efirda namoyish etish bo‘yicha “Sport” telekanali O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan kelishuvga erishdi. O‘FA matbuot xizmatining MOQqa ma’lum qilishicha, Senegalga qarshi uchrashuv 23 mart kuni Toshkent vaqti bilan 22:00da, Marokashga qarshi bahs esa bizning vaqt bilan 27 dan 28 mart kuniga o‘tar kechasi soat 01:00da boshlanadi. 

Shuningdek, “Sport” telekanali O‘zbekiston U-23 terma jamoasining 23 mart kuni Andijonda, 26 mart kuni esa Farg‘ona shahrida Keniya terma jamoasi qarshi tashkil etiladigan o‘rtoqlik o‘yinlarini ham jonli efirda translyasiya qilishni rejalashtirgan.  

Ma’lumot uchun, O‘FA va “Sport” telekanali o‘rtasida o‘rnatilgan hamkorlik samarasi o‘laroq, bu yilgi mavsumdan boshlab  O‘zbekiston Superligasining barcha uchrashuvlari “Sport” telekanalida jonli efirda namoyish etib kelinmoqda.
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.