Mamlakatimizda 6 sentyabr Kurash kuni etib belgilandi

0
271
marta ko‘rilgan.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev “Kurash milliy sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni mamlakat Prezidentining rasmiy saytida keltirilgan.

Qarorda kurash milliy sport turini aholi, ayniqsa voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida yanada rivojlantirish hamda ommalashtirish, o‘sib kelayotgan avlodda milliy iftixor va vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash, shuningdek, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jahon sport maydonida yuqori natijalarga erishishni ta’minlash maqsadida 6 sentyabr – Kurash milliy sporti kuni sifatida belgilangan.

Ushbu hujjat bilan Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda kurashni yanada rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqishi va tasdiqlashi belgilandi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.