O‘zbekiston qo‘l jangi ustalari Osiyo ochiq chempionatida birinchi o‘rinni oldi

0
228
marta ko‘rilgan.


Toshkentning “O‘zbekiston” universal sport saroyida qo‘l jangi bo‘yicha Osiyo ochiq chempionatida bo‘lib o‘tdi. Unda qit’aning 15 dan ortiq mamlakatidan kelgan sportchilar o‘zaro kuch sinashdi. 

12 noyabrda bo‘lib o‘tgan final janglarini ayollar o‘rtasida 75 kg va +75 kg vazn toifalaridagi sportchilar, erkaklar o‘rtasida 85 kg, 90 kg hamda +90 kg vazn toifalaridagi jangchilar yakunlab berishdi. 

Mazkur 5 vazn toifasi bo‘yicha ham o‘zbekistonlik sportchilar raqiblariga qarshi bosh  kg vazn toifasida Robiya Qo‘chqorova imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, +75 kg vazn toifasida qizgan bahs olib borgan Madina Ergashyevaning qo‘li baland kelib, musobaqaning oltin medalini qo‘lga kiritdi, deya xabar beriladi kun.uz saytida. 

Erkaklar o‘rtasida 85 kglik qo‘l jangi ustasi Elbek Eshmurodov jarohati olgani tufayli jangni davom ettira olmadi. Shu sababli rossiyalik Karim Magomedovga g‘alaba yozildi. 

90 kilogramm sportchilarning final juftligida ikki o‘zbekstonlik o‘zaro kuch sinashdi. Unda Botir Xo‘jabekovning qo‘li baland keldi. 

Chempionatning markaziy bahsi hisoblangan +95 kg vazn toifasida tatamiga o‘zbekistonlik Ilg‘or Asadov hamda rossiyalik Azamat Murzakanov chiqishdi. Bu safar ham o‘zbekistonlik jarohat sababli jangni davom ettirishdan bosh tortdi. 

Qayd etish joizki, umumjamoa hisobida o‘zbekistonlik qizlar ayollar o‘rtasidagi bahslarda eng yaxshi natijani qayd etib, 5 ta oltin, 2 ta kumush, 6 ta bronzani qo‘lga kiritishdi. 

O‘zbekistonning erkak qo‘l jangni ustalari ham umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qayd etishdi. Ular 5 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.