Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarining buzilishi oqibati

0
78
marta ko‘rilgan.

2018 yilning 11 fevral kuni soat 5:40 da Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi Mustaqillik ko‘chasi, “Charxin” MFY hududida joylashgan xususiy uyda gaz-havo aralashmasi oqibatida chaqnash sodir bo‘ldi. Natijada 2-qavatli uyning bir qismi qulab tushdi. Vafot etganlar va jarohatlanganlar bor.

Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarining buzilishi chaqnashning asosiy sababi deb topilmoqda. Voqyea joyida, viloyat hokimligi boshchiligida IIB, FVB, SSB va boshqa tegishli idoralarning kuch va vositalarini jalb qilgan holda favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi gaz va isitish moslamalaridan foydalanish qoidalariga rioya qilishingizni so‘raydi!

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.