Taekvondo. Gollandiyadagi turnirning ilk kuni muvaffaqiyatli o‘tdi

0
144
marta ko‘rilgan.

Kecha Gollandiyaning Eyndxoven shahrida taekvondo bo‘yicha Gollandiya ochiq chempionati boshlangan edi.

Dastlabki kunda o‘smirlar o‘rtasidagi janglar bo‘lib o‘tdi. Kun yakunlariga ko‘ra, Madina Mannopova, Jasur Jaysunov, Ulug‘bek Rashidovlar oltin, Ozoda Sobirjonova, Begzod Ibragimov, Shahzod Jo‘raevlar kumush medallarni qo‘lga kiritdilar. 
 
Bugun o‘tkaziladigan bahslarda o‘smirlar o‘rtasidagi janglarda Feruza Sodiqova va Jasurbek Zokirovlar ishtirok etadilar.
Kattalar o‘rtasidagi bellashuvlarda esa Dmitriy Shokin, Shaxboz Shofayziyev, Umida Abdullayeva, Dinora Mamadibragimova, Timurbek O‘rolov hamda Bahrom Abdullayevlar o‘z omadlarini sinab ko‘radilar. 

Manzil: O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.