Terma jamoaga saralab olingan yosh sportchilar imtihonsiz Olimpiya zaxiralari kollejiga qabul qilinadi

0
49
marta ko‘rilgan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Ravshan Ermatov  bu haqda AOKAdagi brifingda ma’lum qildi:

«Prezidentimiz Murojaatnomada 2025 yilda Toshkentda yoshlar o‘rtasida bo‘ladigan Osiyo chempionatini yuqori saviyada o‘tkazish uchun hozirdan jiddiy tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha topshiriq berdilar.

10-12 yoshga to‘lgan yosh sportchilar uchun endi tizimli musobaqalar yo‘lga qo‘yiladi. Terma jamoaga saralab olingan sportchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri imtihonsiz Olimpiya zaxiralari kollejiga qabul qilinadi. Ular 4 yil davomida — 2025 yilgacha maqsadli ravishda tayyorgarlik ko‘rib borishadi. Bu mamlakatimizda o‘tadigan Osiyo o‘yinlarida o‘z natijalarini beradi.

2020 yilda tizimdagi sportga ixtisoslashgan ta’lim muassasalari faoliyatini tanqidiy-tahliliy o‘rgandik. Eng katta muammo — murabbiylarning mashg‘ulot jarayonlariga ilmiy, zamonaviy metodologiya asosida yondashmayotgani, yangi sport texnologiyalaridan foydalanmayotgani ekani aniqlandi».

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.