Termiz – Hayraton – Mozori Sharif temir yo‘li qanday maqsadlarga xizmat qilmoqda?

0
67
marta ko‘rilgan.

Bu boradagi fikr-mulohazalar Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi matbuot markazida bo‘lib o‘tayotgan sessiya yig‘ilishi davomida yangradi, deya xabar beriladi uza.uz saytida

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi o‘rinbosari Akmal Kamolovning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston hamisha qo‘shni mamlakatda tinchlik va osoyishtalik hukm surishiga tilakdosh bo‘lib, birodar afg‘on xalqiga yordam qo‘lini cho‘zib kelgan. Bu o‘rinda o‘zbekistonlik mutaxassislar tomonidan Termiz – Hayraton – Mozori Sharif temir yo‘li qurib, foydalanishga topshirilganini alohida ta’kidlash kerak. 

Mozori Sharif – Hirot temir yo‘li va Surxon – Puli Xumri elektr uzatish liniyasini qurish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Mazkur loyihalarning amalga oshirilishi mintaqadagi barcha davlatlar, shu bilan birga, Afg‘oniston iqtisodiyoti rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Temir yo‘llar keltirayotgan foyda haqida so‘z borganda, ushbu logistika imkoniyatlari orqali afg‘on xalqi uchun jahon hamjamiyati tomonidan millionlab tonna gumanitar yordam yuklari yetkazib berilayotganini eslash o‘rinli. Bu bizning ushbu loyihalarni amalga oshirish orqali faqat iqtisodiy foydani ko‘zlamayotganimizning yorqin misolidir”, deb ta’kidladi Akmal Kamolov. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.