Turkish Open. Nikita Rafalovich kumush medal sohibi

0
88
marta ko‘rilgan.

Taekvondochilarimiz Istanbul shahrida o‘tkaziladigan “Turkish Open” musobaqasida qatnashib, kecha Jasur Boyqo‘ziev boshchiligidagi yigitlarimizning asosiy qismi musobaqadagi ishtirokini o‘tkazdi. 

Terma jamoamiz a’zolari ichida -74kg vazn toifasida janglarda qatnashgan Nikita Rafalovich barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan holda, jarohatiga qaramay, finalga yetib bordi. Afsuski, hamyurtimiz jarohat sabab hal qiluvchi jangda xorvatiyalik raqibga qarshi jangga chiqa olmadi. Shu tariqa, Nikita “Turkish Open” turnirida kumush medal sohibiga aylandi.
 
Bahslarda ishtirok etgan Shuhrat Salayev chorak finalgacha, Niyoz Po‘latov va Sardor Toirovlar uchinchi bosqichgacha yetib bordilar.
 
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.