“Turkish Open”. Shokin va Tursunqulova oltin, Mamadibragimova esa bronza medalini qo‘lga kiritdi

0
142
marta ko‘rilgan.

Turkiyaning Istanbul shahrida taekvondo bo‘yicha nufuzli xalqaro turnir o‘tkazilayotgani unda Nikita Rafalovich -74 kg vazn toifasida finalgacha yetib borib, kumush medal sohibiga aylangani haqida xabar qilgandik. 

Navbatdagi bahslarda esa erkaklar o‘rtasida Dmitriy Shokin barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, musobaqa g‘olibiga aylandi. +87kg vazn toifasidagi bellashuvlarda ishtirok etgan Shokin avvaliga germaniyalik Chem Unlusoyni, chorak finalda mezbon sportchi Okay Duztepeni, yarim finalda Makedoniya vakili Deyan Gergevskini, hal qiluvchi final jangida esa Verdan Goletsni mag‘lubiyatga uchratib, musobaqa g‘olibiga aylandi.

Qizlar o‘rtasida -67 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Nigora Tursunqulova ilk jangida fransiyalik Liza Berneybni, keyin esa Turkiya terma jamoasi sportchisi Xacher Orgarunni, yarim finalda rossiyalik Yuliya Miyus, hal qiluvchi jangda boshqa bir mezbon taekvondochi Mervenur yevchini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. 

-53 kg vaznli hamyurtimiz Dinora Mamadibragimova  rossiyalik Anastasiya Puchkoni, ikkinchi jangida yana bir rossiyalik Diana Saraevani, chorak finalda esa mezbon sportchi Zehra Dosuchukurni mag‘lub etdi. Yarim finalda esa xorvatiyalik Dora Marichga imkoniyatni boy berdi. Natijada  u  bronza medali sohibi bo‘ldi.

Shu tariqa, Vatanimiz taekvondochilari  “Turkish Open” musobaqasida umumiy hisobda 2ta oltin, 1ta kumush va 1ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.