U-23 Osiyo chempionati. O‘zbekiston Vetnamni yengib, tarixda 1-marta chempionlikka erishdi

0
162
marta ko‘rilgan.

Xitoyda 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati finali o‘z yakuniga yetdi.

Finalda O‘zbekiston terma jamoasi Vetnamga qarshi bahs olib bordi. 8-daqiqada burchakdan oshirib berilgan to‘pni Rustam Ashurmatov boshi bilan darvozaga aniq yo‘llab hisobni ochdi. Keyin Vetnam terma jamoasi hujumchisi Nguen Xay jarimadan aniq zarba yo‘llab, hisobni tenglashtirdi.

Birinchi bo‘lim 1:1 hisobidagi durang bilan nihoyasiga yetdi. Ikkinchi bo‘lim kuchli qor tufayli 50 daqiqaga kechiktirildi. O‘yinning asosiy vaqtida hisob o‘zgarmadi. Navbat ikkita ekstra taymlarga yetdi. 2-qo‘shimcha bo‘limning so‘nggi daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan Andrey Sidorov burchakdan oshirib berilgan to‘pni darvozaga aniq yo‘llab, O‘zbekistonga chempionlikni taqdim qildi.

U-23. Osiyo chempionati. Final.
Vetnam – O‘zbekiston 1:2

O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasi Matbuot xizmati xabari

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.