Umid Ahmadjonov Milliy olimpiya qo‘mitasining yangi raisi

0
150
marta ko‘rilgan.

2018 yilning 16 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining navbatdan tashqari hisobot-saylov Bosh Assambleyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Qo‘mitaning majlislar zalida o‘tkazilgan tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi Rustam Qurbonov olib bordi. Navbatdan tashqari hisobot-saylov Bosh Assambleya yig‘ilishida Qo‘mitaga a’zo 100 nafar delegat, respublika sport federatsiya va assotsiatsiyalar vakillari, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti va Oliy sport mahorati maktablari rahbarlari, hamda ommaviy axborot vositasi xodimlari ishtirok etishdi. 

Assambleya yakunida Milliy olimpiya qo‘mitasining yangi saylangan raisi U. Ahmadjonov so‘zga chiqib, eng avvalo ko‘rsatilgan yuksak ishonch uchun muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevga minnatdorchilik izhor etdi. Mamlakatimizda Olimpiya harakatini yanada rivojlantirish, xalqaro maydonda respublikamiz obro‘si va nufuzini bundan-da yuksaltirishda bor kuch g‘ayratini ishga solishga va’da berdi. 

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.