Velosportchimiz xalqaro turnir g‘olibi

0
149
marta ko‘rilgan.

O‘zbekistonlik velosportchilar Birlashgan Arab Amirliklarida tashkil qilingan xalqaro musobaqada ishtirok etdilar.
 Birlashgan Arab Amirliklarining terma jamoasi bilan 2 fevral kuni o‘tkazilayotgan qo‘shma o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari doirasida o‘tkazilgan Xalqaro turnirda O‘zbekiston velosiped sporti terma jamoasi sportchilari ishtirok etishdi. 
 
Qizg‘in murosalarga boy kechgan poygada hamyurtimiz Semyon Sevastyanov birinchi bosqich poygasida belgilangan 100 km masofani birinchi bo‘lib bosib o‘tdi hamda birinchi o‘rinni egalladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston velosiped sporti terma jamoasi sportchilari hamda murabbiylari joriy yil 14 yanvar kuni BAA velosiped sporti federatsiyasi taklifiga ko‘ra qo‘shma o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari o‘tkazishga jo‘nab ketishgandi.
 
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.