XAMETOVLARNING OILAVIY UChLIGI ChAPLINNI LOL QOLDIRDI!

0
53
marta ko‘rilgan.

Joriy yilning 8-14 yanvar kunlari Budapesht shahrida XII Xalqaro sirk festivali bo‘lib o‘tdi. Bu festivalga 15 ta davlatdan 126 nafar ishtirokchilar jalb qilindi.

Ular orasida yurtdoshlarimiz mashhur Xametovlar sulolasi vakillari Rustam, Kamila va Dalerlar qatnashib, jonglyor, illyuziya, klounada, gimnastika, havo akrobatlari kabi janrlar bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etishdi. Hakamlarga Charli Chaplinning o‘g‘li Yudjin Chaplin boshchilik qildi.

Bir necha yillardan beri dunyoni lol qoldirib kelayotgan bu mahorat ustalari o‘z chiqishlari bilan dunyo sahnalarini zabt etib, o‘zbek sirk san’atini jahonga tanitib kelishmoqda Xametovlarning oilaviy uchligi festivalda “Remni” nomli tomoshani namoyish etdi.

Sirkchilarimizning chiqishlarida g‘ayrioddiy, hayajonli vaziyatlar va xavfli harakatlar mavjudligi tufayli tomoshabinlarning guldiros olqishlariga sazovor bo‘lishdi. Sirk festivalining 126 nafar qatnashchilar o‘rtasida yurtdoshlarimiz oltin medalni qo‘lga kiritishdi. Albatta, bu yutuqqa sulola vakillari o‘z kasbiga sadoqati, tinimsiz mehnati va izlanishlari tufayli erishdi.

Yurtdoshlarimiz ularni aeroportda hurmat va ehtirom bilan kutib olishdi.

XURShIDA HUSENOVA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.