Xorijiy tajribalar asosida

0
96
marta ko‘rilgan.

Andijon viloyati kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasida Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti hamda yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining loyihasi doirasida seminar-trening tashkil etildi.

Unda mutaxassislar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining jismoniy va yuridik shaxslar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotini kengaytirishning muammolari va istiqbollari xususida so‘z yuritdilar.

Seminar davomida FJShMQMI xalq bilan bilan muloqotni rivojlantirish sho‘basi rahbari Gulruh Agzamova fuqarolar bilan ishlash bo‘yicha xorjiy tajribalar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo‘rg‘ontepa tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Tohirjon Dikanov davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining joylardagi Xalq qabulxonasi bilan o‘zaro aloqalari xususida fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Ishtirokchilar ikki kun davomida fuqarolar bilan ishlashning psixologik jihatlari, nizoli vaziyatlarni xal qilish yo‘llari, fuqarolarning murojatlari bilan ishlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirdilar.

Manba: Andijon viloyati hokimligi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.