«Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash» shiori ostida tadbir

0
70
marta ko‘rilgan.

Respublika bo‘ylab «Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash» shiori ostida davom etayotgan tadbirlardan yana biri poytaxtdagi Yunus Rajabiy  nomidagi MFYida  o‘tkazildi.

Yuzdan ortiq mahalla ahli qatnashgan tadbir avvalida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulug‘vor islohotlar aks etgan videolavha namoyish etildi.

Shuningdek,  Yakkasaroy tuman xokimi  Anvar Sayfiddinov, tuman prokurori Nilufar  Allberganova,  91-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori Aziza Temirova  qatnashib, keyingi  yillarda mamlakatimizda  ulkan islohotlar amalga oshirilayotgani va bu barcha sohalarda bo‘y ko‘rsatayotgani, uchinchi uyg‘onish davriga poydevor qurilayotgani  xususida gapirishdi.

Yig‘ilishda pandemiya vaktida mahalla ahliga yakindan yordam ko‘rsatgan maxalla faollari ragbalantirildi va  ona Vatan, tinchlik, hamjihatlik, ulug‘vor islohotlarni madh etuvchi she’rlar, kuy va qo‘shiqlar yangradi.

Shuningdek, keng ko‘lamli  tadbir davomida mahalla hunarmandlari tomonidan tashkil etilgan amaliy san’at ko‘rgazmalari ham namoyish etildi.

«Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash» shiori ostida o‘tkazilgan tadbir tuman rahbarlarining xalq bilan ochiq muloqatini ham o‘zida ifoda etdi.

gujum.uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.