Yangi yil archasida harbiy san’atkorlar

0
267
marta ko‘rilgan.

2018 yilning 3 yanvar kuni poytaxtimizning “Anhor-Lokomotiv” istirohat bog‘i oldida tashkil etilgan markaziy Yangi yil archasida tomoshabinlarni kirib kelgan Yangi – 2018 yil hamda yaqinlashib kelayotgan Vatan himoyachilari kuni bilan qutlash uchun Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli hamda Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy orkestri tomonidan bayramona konsert dasturi tashkil etildi.

Ta’kidlash joizki, ohirgi yillarda milliy armiyamiz har bir ayyomni xalqimiz bilan birga qarshi olayotgani “Armiya va xalq – bir tanu bir jon” degan ezgu g‘oyaning yorqin ifodasiga aylanmoqda. Joylarda tashkil etilayotgan harbiy-vatanparvarlik festivallari minglab yurtimiz yoshlari qalbida harbiylik kasbiga katta qiziqish uyg‘otib, xalqimizda armiyaga bo‘lgan ishonchini mustahkamlamoqda.

Harbiy navolar bilan ilk bor Yangi yil archasida ishtirok etgan harbiy ijodkorlar tomoshabinlarda o‘zgacha taassurotlar qoldirib, olqishlarga sazovor bo‘ldi.

Mazkur tadbirda harbiy san’atkorlar tomonidan ijro etilgan harbiy-vatanparvarlik va yoshlarbop musiqalar, harbiy orkestr sadolari Yangi yil ayyomiga o‘zgacha tuhfa bo‘ldi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.