Yashash yaxshi, yaxshi yashash undan-da yaxshi

0
326
marta ko‘rilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimiz parlamenti – Oliy Majlisga Murojaatnomasida aholini, ayniqsa, byudjet sohasi xodimlarini, kam ta’minlangan oilalarni uy-joy muammosi ko‘pdan buyon qiynab kelayotgani, bu og‘ir ijtimoiy muammoga  deyarli e’tibor berilmay kelganligini gapirdi. 

Xalqimizning talab va istaklarini inobatga olib,  joriy yilda imtiyozli ipoteka kreditlari asosida arzon uy-joylar qurish loyihasini amalga oshirishga kirishilganligini ta’kidladi. Shahar va qishloqlarimizda jami 3,5 million kvadrat metrdan ziyod namunaviy uylar va ko‘p qavatli uy-joylar barpo etilgani, bu raqamni avvalgi yillarga taqqoslaydigan bo‘lsak, 2007 yilga nisbatan 20 barobar, namunaviy uy-joylar qurish dasturi boshlangan 2010 yilga nisbatan 3,5 barobar, 2014 yilga nisbatan esa 2 barobar ko‘p uy-joy qurilganini gapirdi. 

Keyingi 25 yil davomida birinchi marta aholi uchun arzon, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan ko‘pqavatli uy-joylar qurilishi boshlanib,. 2017 yilning o‘zida 800 ming kvadrat metrdan ziyod ana shunday uy-joylar qurib foydalanishga topshirilgani, birgina Toshkent shahrining o‘zida joriy yilda 420 ming kvadrat metr ko‘pqavatli uy-joy fondi foydalanishga topshirilganini, bu o‘tgan yilga nisbatan qariyb 3 barobar ko‘pligini ta’kidladi.

“Ular safida mening oilam ham borligidan bag‘oyat hursandman. Sergeli tumanida joylashgan uyimizda barcha shart-naroitlar mavjud. Xonadonimga kirar ekanman, yashash yaxshi, yaxshi yashash undan-da yaxshi deb takrorlab juda xursand bo‘lib ketaman. Endigina doktoranturaga kirgan bizdek yosh oila uchun bu katta siylov”,-deydi Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti doktoranti  Shoxnoza To‘laganova

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.