Yengil atletika. O‘zbekiston chempionati yakunlandi

0
180
marta ko‘rilgan.

14-16 fevral kunlari poytaxtimizda yopiq inshootlarda yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.

Respublika Olimpiya zaxiralari sport kollejida tashkil qilingan turnirda mamlakatimizning turli viloyatlaridan tashrif buyurgan 300 nafar sportchi ishtirok etdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, birinchi guruhda 409,9 ochko to‘plagan Samarqand viloyati terma jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rinni 328,5 ochko jamg‘argan Toshkent viloyati terma jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, uchinchi o‘rin 105 ochko yiqqan Andijon viloyati terma jamoasiga nasib qildi.

Ikkinchi guruhda esa kuchli uchlikka Sirdaryo (351,7 ochko), Namangan (329), Jizzax (201) terma jamoalari kirishga muvaffaq bo‘ldilar. 

 O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.