Yil quvonchlari: Ixtiyorbek Norov «MDHning eng yosh olimi-2020» xalqaro tanlovi g‘olibi

0
70
marta ko‘rilgan.

Nukus davlat pedagogika instiuti turkiy tillar fakulteti 3-bosqich talabasi Ixtiyorbek Norov Qozog‘istonning Nursulton shahrida o‘tkazilgan «MDHning eng yosh olimi-2020» xalqaro tanlovida «Filologiya fanlari» yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etib, faxrli birinchi o‘rinni egalladi.

O‘n to‘rt mamlakat yoshlari qatnashgan ushbu loyihaning asosiy maqsadi MDH davlatlarining oliy o‘quv yurtlari talabalarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Ilm-fan, texnika rivojlanishiga munosib hissa qo‘shayotgan yoshlarni aniqlab, ularni munosib rag‘batlantirishdir.

Tanlov natijalariga ko‘ra,  Ixtiyorbek Norov ilmiy ishlari, qo‘lga kiritgan yutuqlari va tanlov davomidagi saralash jarayonlari hisobga olingan holda eng yuqori o‘ringa munosib ko‘rildi.

Iqtidorli talaba «MDHning eng yosh olimi-2020» yozuvi tushirilgan ko‘krak nishoni va I darajali diplom bilan taqdirlandi.

gujum.uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.