Yil quvonchlari: Toshkent xalqaro Vestminster universitetida Ucell laboratoriyasi ochildi

0
46
marta ko‘rilgan.

Toshkent xalqaro Vestminster universitetida bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda rektor Bahrom Mirqosimov,   «COSCOM» MChJ Bosh direktori o‘rinbosari Farhod Nurmuhamedov va boshqalar  so‘zga chiqishdi. Ular o‘z so‘zida Ucell laboratoriyasining ochilishi universitetning yosh iste’dodlari qobiliyatini yanada rivojlantirish va bo‘lajak mutaxassislar salohiyatini oshirishga qaratilgan qo‘shma loyiha ekani va  yoshlar uchun muhim ahamiyat kasb etishini qayd etishdi.

Joriy yilning avgust oyida Ucell kompaniyasi va TXVU o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Mazkur hujjat o‘zaro hamkorlik strategiyasini ishlab chiqishda poydevor vazifasini o‘tamoqda. Universitetning yangi binosi asosida Ucell-laboratoriya loyihasini amalga oshirilishi bunga yaqqol misoldir.  Ucell laboratoriyasi – axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasi, shuningdek, menejment va marketing yo‘nalishida tajriba almashish hamda bilim olishga yanada imkoniyat yaratadi.

 –Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qilingan yangi – 2021-yil arafasida  Ucell laboratoriyasi loyihasining ochilishi kompaniyamiz uchun  muhim ahamiyat kasb etadi Korxonamizda yetakchi lavozimlarida mehnat qilayotgan Vestminister bitiruvchilari ko‘p. Biroq, biz 28 avgustda imzolagan va ayni paytda ish olib borayotgan memorandumning maqsadlari Ucell yoki AKT sohasi uchun kadrlar tayyorlash bilan cheklanib qolmaydi.   Ucell ning Vestminster universiteti rivojiga qo‘shayotgan hissasi butun O‘zbekiston va barcha sohalarda kuchli kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi.  – dedi «COSCOM» MChJ Bosh direktori o‘rinbosari Farhod Nurmuhamedov, – Hamkorlikdagi mazkur laboratoriya loyihasi telekommunikatsiyalar sohasida «professionallar fabrikasi»ni yaratishga poydevor bo‘ladi. Hozir laboratoriya ma’ruzalar, taqdimotlar, trening va seminarlar hududi, mustaqil bilim olish va o‘zini o‘zi rivojlantirish, shuningdek, kreativ fotozona kabilarni o‘z ichiga oladi.

– Toshkent xalqaro Vestminster universitetining maqsadi – O‘zbekiston, umuman, Markaziy Osiyoning ijtimoiy-iqtisodiy va kasbiy rivojlanishiga hissa qo‘shadigan xalqaro ta’lim standartlarini hamda ilmiy-tadqiqot imkoniyatlarini ta’minlashdan iborat. Yangi O‘zbekiston bilim berish va ta’lim olishning yangi metodlarini talab etadi. Ushbu laboratoriya loyihasi talabalar va o‘qituvchilar uchun yangi ta’limiy, ilmiy va innovatsion imkoniyatlarni taqdim etadi. Eng muhimi, bu mobil aloqa tarmoqlarini boshqarish va innovatsion yechimlarni yetkazib berishda bilim va ko‘nikmalarni amaliy jihatdan qo‘llash imkonini beruvchi platforma. Yosh mutaxassislarning bilimini yanada mustahkamlashga katta yordam beradi, – dedi rektor Bahrom Mirqosimov.

Darhaqiqat, universitet Markaziy Osiyo va boshqa mintaqalardagi yetakchi kompaniyalar bilan hamkorlikda talabalarga malaka oshirish hamda ishga joylashish imkoniyatlarini taqdim etmoqda. SAP kompaniyasi (Germaniya) bilan hamkorlikda yaratilgan Innovatsion tadbirkorlik laboratoriyasi (innoWIUT Entrepreneurship Lab) xalqaro darajadagi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, shuningdek, zamonaviy AKT va innovatsion biznes yechimlar sohasida amaliy tadqiqot faoliyatini kengaytiradigan platforma bo‘lib xizmat qilmoqda. Karerani rivojlantirish markazi (Career Centre) – talaba va bitiruvchilarnining ishga joylashishiga ko‘maklashuvchi platforma.  Bugungacha universitetda 400 dan ortiq xususiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik o‘rnatilgan.

Ushbu hamkorliklar samarasi: o‘tgan yili ushbu oliygohni bitiruvchilarining 90 foizi universitetda bilim olishni tugatganidan  keyin uch oy ichida ishga joylashdi. 

Laboratoriyada interaktiv va ko‘p tarmoqli ta’limning yangi tendensiyalari ko‘zda tutilgan. Video materiallarni ko‘rsatuvchi ekran, maxsus interaktiv elektron doska (whiteboard), kitob almashish javonlari (book crossing). Laboratoriya auditoriyasining transformatsion xususiyati yirik tadbirlar bilan bir qatorda, kichik guruhlarda vorkshoplar ham o‘tkazish imkonini beradi.Shuningdek, xonalarning ekologik jihatiga ham alohida e’tibor qaratilgan – ko‘plab tabiiy o‘simliklar kislorod muvozanatini saqlab turadi.

gujum.uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.