Yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash 

0
3490
marta ko‘rilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti  Oliy Majlisga taqdim etgan Murojaatnomasida yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash borasidagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonuni yangi tahrirda qabul qilinganligi va shu asosda yangicha yondashuvlar hayotga faol joriy etilishini ta’kidladi. 

“Yoshlar haqida gap ketganda, men doim bir narsani o‘ylayman. Mana, bugungi kunda qancha-qancha yoshlarimiz chet ellarda ta’lim olmoqda, mehnat qilmoqda. Albatta, ularning orasida o‘z yo‘lini topib, begona yurtda hyech kimdan kam bo‘lmay yashayotganlari ham ko‘p. Lekin Vatan sog‘inchi har qanday odamni ham qiynaydi. Shuning uchun ular bilan doimiy aloqa o‘rnatish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, yurtimizga qaytish istagida bo‘lganlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni kuchaytirishimiz zarur” -deya alohida gapirib o‘tdi. 

Shu maqsadda O‘zbekiston yoshlari xalqaro assotsiatsiyasini tuzish va uning samarali faoliyat yuritishi uchun tegishli sharoit yaratib berish kerakligini, mamlakatimiz yoshlari  xorijdagi tengdoshlari bilan ilm-fan, madaniyat, tadbirkorlik, sport va boshqa sohalarda faol muloqotda bo‘lishlari maqsadga muvofiqligini, bu ularning o‘z salohiyatini dunyo miqyosida namoyon etishlari uchun katta imkoniyat yaratishini ta’kidladi.. Shuning uchun kelgusi yili Samarqand shahrida Markaziy Osiyo yoshlari forumini o‘tkazish ko‘zda tutilayotganini ham gapirdi. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.