Yosh dzyudochilarimiz Italiyadan medallar bilan qaytishmoqda

0
136
marta ko‘rilgan.

Italiyaning Follonika shahrida o‘smirlar o‘rtasida yevropa ochiq kubogi o‘tkazildi.

Mazkur turnirda O‘zbekiston terma jamoasi olti kishilik tarkib bilan ishtirok etdi.

Hamyurtlarimiz ichida -66kg vazn toifasida janglarda ishtirok etgan Jayhunbek Nazarov oltin, qizlar o‘rtasida -52 kg vazn toifasida qatnashgan Nilufar Ermagambetova esa kumush medal sohibiga aylandi.

Ushbu ikki medal O‘zbekiston terma jamoasining turnirda umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritishini ta’minladi.

 

Ma’lumot uchun, ushbu medallar shu yilning oktyabr oyida Argentinada o‘tkaziladigan o‘smirlar olimpiadasiga yo‘llanma olish uchun yordam beradi. 
 
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.