Yosh jurnalistlar kengashi

0
211
marta ko‘rilgan.

Yaqinda Respublika Milliy matbuot markazida O‘zbe­kiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi qoshidagi Yosh jurnalistlar kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Jurna­listlari  ijodiy uyushmasi qoshidagi Yosh jurnalistlar kengashi raisi, “Yoshlar ovozi” gazetasi bosh muharriri F.Karimov, “Jamiyat” gazetasi bosh muharriri B.Shukurov hamda OAVda xizmat qilayotgan yosh jurnalistlar, jurnalistika fakultetlari talabalari ishtirok etishdi.

Anjumanda so‘zga chiqqanlar, bugungi  o‘zbek jurnalistikasi faoliyati, unda yosh jurnalistlarning  o‘rni va ta’siri, sohadagi yutuq va kamchiliklarga  alohida to‘xtalib, talab va takliflar atroflicha o‘rganildi. Yosh jurnalistlar hamda talabalarning fikr va mulohazalari tinglandi.

Shundan so‘ng, kun tartibiga binoan Yosh jurnalistlar kengashi kotibini saylash, faoliyat ko‘lami, OAV, internet va ijtimoiy tarmoqlarda kengashning faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ixtisoslashuvlar va  keyingi galdagi vazifalar, kengashning to‘laqonli faoliyati yuzasidan kelishib olindi.

Sabohat  Sultonova,

Suratlar muallifi – Sholaziz ShOXIDOYEV

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.