Yoshlarni tarbiyalash: kitobxonlikning onlayn targ‘iboti

0
98
marta ko‘rilgan.

Mamlakatimizdagi sinov davri ya’ni koronavirus pandemiyasini oldini olish maqsadida, yoshlarni kitobga yanada kengroq jalb qilish maqsadida, hamda yoshlarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, ilmiy-ommabop, badiiy, tarixiy asarlarga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishda targ‘ibotning zamonaviy yangi ko‘rinishi bo‘lmish kitobxonlikning onlayn targ‘iboti jadal suratlarda amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbusning ijrosiga qaratilgan, kitobxonlik va mutolaa madaniyatini shakllantirishda kitob o‘qishga mehr uyg‘otish borasida «Bilim» AKM mutaxassislari tomonidan bir qancha onlayn-loyihalar ishlab chiqbkdi.

+ 2020 yil aprel oyining 30 sanasidan e’tiboran Toshkent «Bilim» axborot – kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Aqlli karantin” nomli yana bir loyiha havola qilindi. Onlayn viktorina ko‘rinishidagi ushbu loyihani havola qilishdan maqsad yigit-qizlarning savodxonligi va ilmiy, tarixiy, madaniy, ijtimoiy siyosiy bilimlarini yanada oshirish, intellektual salohiyatini rivojlantirish, hamda ularning bilimlarini qay darajada ekanligini sinashdan iborat. Xozirgi kunga kelib 400 ga yaqin test yaratilib ishtirokchilar soni 800 nafardan oshdi;

+ Men sevgan asarlar marafoni loyihasi. https://t.me/bilimaksiya/511 Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazida amaldagi “Men sevgan asarlar” loyihasi doirasida “Men sevgan asarlar” marafon eshiklari barcha kitobsevar yoshlarimiz uchun ochildi.  Har bir kitobxon o‘zining sevgan asarlari haqida bizga fikr – mulohazalarini, video yoki fotosuratlarini @bilimaksiya_bot ga yuborish ishlari boshlandi.  Kitobsevar mushtariylarimizni ushbu marafondagi ishtiroki qanchalik kitoblarga mehr qo‘yganini ko‘rsatadi.  Yuborilgan lavhalar  “Bilim” AKM kanalida havola qilinmoqda. Marafon nihoyasida  eng faol kitobsevar ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari taqdim etiladi.

+ “Onlayn viktorina” – Suratdagi asar nomini toping onlayn viktorina loyihasi. https://t.me/bilimaksiya/538 Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbusning 4 yo‘nalishi bo‘lmish kitobxonlik targ‘ibotini yanada oshirish maqsadida Toshkent shahar “Bilim” AKM mutaxassislari  ishlab chiqilgan Kitobxon mahalla loyihasi doirasida bolajonlarimizda kitobga mehr uyg‘otish hamda yozgi ta’tilda vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Kitob o‘qi yozda,  bilim oshir bizda” shiori ostida onlayn viktorina o‘z ish faoliyatini boshladi. Viktorinamiz sharti: suratda yashiringan asarni topish va @bilimaksiya_bot ga javobinni taqdim etadi. Albatta g‘oliblar aniqlanadi, Markazimizning tashakkurnomasi va xomiylar sovg‘asi bilan taqdirlanadi.

+ Yozgi ta’til mavsumida ijodkor kitobxon yoshlarimizning uyda o‘tirib vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun “Asarlarni jonlantiramiz” rukni ostida “She’riyat vaqti” loyihasi yo‘lga qo‘yildi. Bunda qadrli kitobxon do‘stlarimiz o‘zlari sevgan shoirning she’rlaridan ifodali o‘qib, video shaklida yuborish imkoniyatiga egadirlar. @bilimaksiya_bot har doimgidek kitobxonlar hizmatida. Har bir yuborilgan she’rlar “Bilim” aksiya|Uyda qoling kanalida havola qilinadi.

+ “Ertak terapiya” loyihasi “Bilim”aksiya/Uyda qoling (@bilimaksiya) kanalida kitobsevar bolajonlarimizni xar taraflama aqlli, bilimli bo‘lishlarini ta’minlash uchun “Ertak terapiya” rukni ostida kitobsevar bolajonlarga nafaqat o‘zbek va rus tilida balki ingliz tilida ham ertak kitoblarni taqdim etish ishlari boshlandi. https://t.me/bilimaksiya/557, https://t.me/bilimaksiya/584.

 Hafiza KARIMOVA, Toshkent shahar «Bilim»axborot-kutubxona markazi direktori

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.