BANAN – QUVVATBAXSH ICHIMLIKLARDAN HAM KUCHLIROQ MEVA

0
248
marta ko‘rilgan.

AQSHning Shimoliy Karolina universitetida faoliyat olib boruvchi tadqiqotchilar izlanishlari natijasida tetiklashtiruvchi xususiyatga ega bo‘lgan eng kuchli mevani aniqladilar.

Tadqiqot davomida ko‘ngilli velopoygachilar ikki guruhga ajratildi va biriga maxsus sport ichimliklari, ikkinchisiga esa oddiy bananlar berildi. Natijada banan har qanday quvvatbaxsh ichimliklardan kuchliroq ta’sirga ega ekanligini aniqlashdi.

Meva o‘z tarkibida yuqori miqdordagi kletchatka, kaliy, V 6 guruhidagi vitaminlar va antioksidantlarni saqlaydi. 

Bundan tashqari bananlar tarkibida foydali shakarlar (saxaroza, fruktoza, glyukoza) ham mavjud bo‘lib, ular hyech qanday ziyonsiz organizm tonusini oshiradi.

Eng asosiysi, ona tabiat ehsoni – tabiiy ne’matlar shifobaxshligi yana bir bor tasdig‘ini topgan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.