Bodom, pista, o‘rik mag‘zi hamda oshqovoq urug‘lari rak kasalligining oldini oladi

0
504
marta ko‘rilgan.

Bodomda letril moddasi mavjud bo‘lib, uning tarkibida esa kam miqdorda sianidga o‘xshash substansiya bor. Bu esa saraton hujayralariga halokatli ta’sir etib, ularni nobud qiladi.

Qadimgi greklar, rimliklar, misrliklar hamda xitoyliklar o‘z taomnomalarida urug‘ va o‘rik mag‘zini ishlatishgan. Ular ushbu mahsulotlar rakning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi deb bilishgan.

Zig‘ir va kunjut hamda oshqovoq urug‘i, pista o‘zining tashqi qobig‘ida lignanin moddasini tutadi. Bu esa fitoestrogenlar hisoblanadi hamda organizmdagi ortiqcha estrogen gormonini chiqarib yuboradi. Tanadagi ortiqcha estrogen gormoni esa sut bezi raki, tuxumdonlar raki hamda bachadon saratonini keltirib chiqaradi.

Shuningdek, lignan moddasi soya dukkaklilarida hamda undan tayyorlangan mahsulotlarda uchraydi. Osiyo davlatlari aholisi ushbu mahsulotlarni sevib iste’mol qilganligi sababli ham bu mamlakatlardagi xotin-qizlar orasida gormonlar bilan bog‘liq rak kam uchraydi.

Gulchehra ShIRINOVA tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.