CHILIM CHEKISH: ZARARI VA OQIBATLARI

0
1463
marta ko‘rilgan.

Keyingi paytlarda tungi bar, kafe va restoranlarda kalyan, ya’ni, chilim chekish urf bo‘lib bormoqda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga qaraganda, chilim chekish inson salomatligiga putur yetkazishi, uning zarari sigareta chekishdagidan kam emasligi aniqlangan. Chekish paytida ichga tortilgan tutun tarkibida zaharli moddalar bo‘lib, ular o‘pka saratoni, yurak qon-tomir va boshqa bir qancha kasalliklarning paydo bo‘lishiga olib keladi. O‘rtacha me’yordagi chilim chekilganda siydikdagi nikotin darajasi 73 barobarga, katonin moddasi – 4 barobarga, o‘pka va oshqozon osti bezi saratoni keltirib chiqaruvchi tamaki nikotini – 2 barobarga ko‘tariladi. Bundan tashqari, benzol va akrolenning parchalanishidan hosil bo‘ladigan moddalar saraton va o‘tkir respirator kasalliklarni keltirib chiqaradi.

Bir necha yillar davomida faqat chilim chekib, ko‘p miqdorda tamaki iste’mol qilgan odamlarning saraton kasaliga uchrash darajasi katta. Bir marta kalyan chekish davomida tanaga tushadigan zararli moddalar 60 ta sigareta chekishdagi zararli moddalar miqdoriga teng bo‘lar ekan.

Qozog‘iston Respublikasi tungi bar, kafe va restoranlardagi chilim uskunalarini tekshirib, unda kasallik chaqiruvchi moddalarni topdi va chilim chekishni qonun bilan taqiqladi. Chilimdan ehtiyot bo‘ling.

Oliy toifali vrach Sh. Bekchanova tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.