Go‘dakning ichi qotganda va qorni dam bo‘lganda

0
2959
marta ko‘rilgan.

Go‘dakning ichi qotganda va qorni dam bo‘lganda pediatr bilan maslahatlashgan holda unga giyohli choylar ichirish ham mumkin. Bunda bolaning yoshiga bog‘liq ko‘rsatmalarga amal qilish lozim.

Giyohli choylarni ichirishni oz-ozdan boshlab, miqdori sekin-asta ko‘paytiriladi. Umuman, bolalarga duch kelgan giyohli choy ichirishdan avval shifokor bilan maslahatlashgan ma’qul.

Bolaning ichi qotganda va qorni dam bo‘lganda moychechakli choy ichirish yordam beradi. Buning uchun moychechak gullarining bir oshqoshig‘i ustidan bir stakan qaynoq suv quyiladi va ustiga qopqoq yopib 1,5 soatga qoldiriladi. So‘ng dokadan suzib o‘tkazilib, bolaga kuniga 3-4 mahal ovqatlantirishdan oldin bir oshqoshiqdan ichiriladi.

Ichak sanchig‘ida va ishtaha buzilganida arpabodiyon (fenxel) damlamasi yordam beradi. Bu ichimlik arpabodiyon urug‘laridan tayyorlanadi. Bir oshqoshiq arpabodiyon urug‘i ustidan bir stakan qaynoq suv quyib ikki soatga damlab qo‘yiladi. Damlama dokadan suzib o‘tkazilgach bir oylikdan oshgan go‘dakka iliq holida ovqatlantirishlar oralig‘ida kuniga 3-4 mahal bir desert qoshiqchasida beriladi. Arpabodiyon ovqat hazm bo‘lishini yaxshilaydi, oshqozon shirasi ajralishini rag‘batlantiradi, ichak peristaltikasini kuchaytiradi. Bu esa ovqat yaxshi hazm bo‘lishi va so‘rilishini taminlaydi. O‘simlik tarkibidagi moddalar gaz yig‘ilishining oldini olib, ularning ichakdan tezda o‘tib ketishiga sharoit yaratadi.

Gulchehra Shirinova

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.