Guruchning foydali xususiyatlari

0
2645
marta ko‘rilgan.

Guruchning foydali xususiyatlari juda ko‘p va o‘ziga xos. Chunki u suvda o‘sadigan asosiy yagona  boshoqli o‘simlik  sholidan olinadi. Boshqa boshoqli o‘simliklarga nisbatan guruch tarkibida kaliy va fosfor, uglevodlar, vitaminlar va mineral moddalar ko‘p.

Guruch oqilona ovqatlanuvchi hamda faol hayot kechiruvchilar uchun ajoyib ozuqa hisoblanadi. Uning tarkibida 78 foizgacha uglevodlar mavjud bo‘lib, tiamin-V1, riboflavin-V2, niatsin-Vz, V6, ye vitaminlariga boy. Uglevodlar inson organizmidagi energiyani saqlagan holda ortiqcha yog‘ va qand moddasini hamda asab tizimi faoliyatini me’yorlashtirishga yordam beradi.

Kaliy moddasiga boyligi bois organizmga bosh­qa mahsulotlar bilan tushadigan tuz miqdorini me’yorlashtiradi. Shuningdek, fosfor, rux, temir, kalsiy hamda yod moddalarining organizmda modda almashinuvini me’yorlashtirishda, tishlarning mustahkam bo‘lishi, bosh miya faoliyatini boshqarishdagi ahamiyati nihoyatda katta. U oqsillarni organizmga so‘rilishini tezlashtiradi.

Guruch tarkibida umuman tuz bo‘lmaganligi sababli uni yurak qon-tomir, buyrak yetishmovchiligi kasalliklari bor bo‘lgan hamda ortiqcha vazndan qutulishni istagan kishilarga ham ozuqa sifatida tavsiya etiladi.

Gepatit (sariq) kasalligida faqat guruch bilan sariyog‘ yeyiladi.

Qandli diabet kasalligida qora loviyadan 250 g, oshqovoqdan 250 g, guruchdan 150 g olib qaynatib ichiladi.

Muhabbat XO‘JAMURODOVA tayyorladi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.