Hazm a’zolari kasalliklarida parhyez

0
715
marta ko‘rilgan.

Shifobaxsh ovqatlanish oddiy taomlardan  o‘zining tarkibi va tayyorlash usullari bilan farq qiladi. U kasal organizmga zarur darmondorilarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashi, ya’ni  kasal a’zoning funksiyasini tiklashga yordam berishi kerak. Shifobaxsh ovqatlanish har bir kasallikning o‘ziga xos xususiyatlari, klinik kechishini hisobga olgan holda tuziladi va  ma’lum davrga mo‘ljallanadi. Chunki parhyez taomlar tarkibi va miqdori ma’lum cheklanishlarga yo‘l qo‘yilgani uchun ularni bemorga uzoq muddatga buyurish mumkin emas.

Hazm a’zolari kasalliklarida quyidagi taom va ovqat mahsulotlari tavsiya etilmaydi: issiq non va non mahsulotlari, yog‘li go‘sht, qovurilgan taomlar, kuchli go‘shtli sho‘rvalar, jo‘xori, perlovka yormalari, mosh, no‘xatdan tayyorlangan taomlar, nordon, sho‘r, achchiq dudlangan mahsulotlar, spirtli va gazli ichimliklar, achchiq choy, qahva, kakao, muzqaymoq. Shuningdek, mol va qo‘y yog‘i, konserva mahsulotlari, margarinda tayyorlangan mahsulotlar, xom mevalar, piyoz, sarimsoq, turp, marinovka qilingan mahsulotlar, shokolad va tez tayyorlanadigan taomlarni ham iste’mol qilish maqsadga muvofiq emas.

Tavsiya etiladigan ozuqa mahsulotlari va taomlar: bir kun oldingi yoki quritilgan non, quruq pechene, qaynatilgan mol go‘shti, tuxum, ezib yaxshi pishgan makka yormasi, guruch, suli, qora bug‘doy bo‘tqalari (shirguruch, shovla, shirqovoq, makka bo‘tqasi), yovg‘on xo‘rda, shirali sho‘rvalar, bug‘da pishgan go‘shtli taomlar, qaynatilgan til, jigar, duxovkada pishirilgan go‘sht, kefir, yog‘siz qatiq, qaymoq, chuchuk pishloq, chala pishgan tuxum, ezilgan kartoshka, pishirilgan qovoq, sabzi, lavlagi va chuchuk pomidorlar. O‘simlik yog‘ida dimlangan taomlar, pishgan sabzavotlardan turli salatlar, shirin mevalarni pishirib yoki dimlab tayyorlangan desertlar, asal, murabbolar, shakar, shuningdek, suyuq choy, kisel, shirin sharbatlar, na’matak suvi va mineral suvlar tavsiya etiladi.

Xolida Ochilova,

oliy toifali vrach

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.