Homiladorlik davrining nozik holatlaridan biri – ko‘ngil aynishi

0
2254
marta ko‘rilgan.

Homiladorlik davridagi ko‘ngil aynishi dardini tibbiyotda toksikoz deyiladi. Uni davolash uchun asosan parhyez saqlashga rioya qilish lozim. Masalan, homiladorlikning ilk davrida ko‘pgina ayollar ovqat isiga, ba’zi bir mahsulotni ko‘rganida yoki ko‘ngli behuzur bo‘layotgan boshqa bemorni ko‘rganda ham ko‘ngil aynishi paydo bo‘ladi. Bunday bemorlar  xush kelmaydigan holatlardan taksikoz davri(dastlabki uch oy) o‘tib ketguncha o‘zini asrashi kerak. Ba’zi homiladorlarda kechki toksikoz ham kuzatiladi.

Davolanishga majbur bo‘lganida imkon qadar dori-darmonlarni kam is’temol qilishga harakat qilish kerak. Ayniqsa, homilaning birinchi uch oyligi katta ahamiyatga ega. Chunki homila hosil bo‘lish davri hisoblanadi. Shuning uchun ichki va tashqi ta’sirlardan ehtiyot  bo‘lish kerak. Endigina rivojlanayotgan  homila nuqsonli bo‘lib qolishi mumkin.

Lekin toksikozning og‘ir va o‘ta og‘ir darajasida dori-darmon bilan davolanmasdan iloji yo‘q. Asosiysi ko‘ngil aynishini to‘xtatish hisoblanadi.

Kasallikning yengil turida o‘simliklardan tayyorlangan oddiy malhamlar tavsiya etiladi. Og‘ir turida bemor dorilarni icha olmasligi, qayt qilib tashlashi mumkinligi uchun muolaja ineksiya orqali yuboriladi.

Bemor hamisha vrach  nazorati ostida bo‘lishi lozim. Agar toksikoz kuchli bo‘lib, ayolning ahvoliga xavf solsa, homiladorlikni to‘xtatish talab etiladi.

Agar ayol sog‘lom bo‘lishni va durkun farzand dunyoga keltirishni chin dildan istasa, tug‘ruqlar orasidagi muddatga rioya qilishi, homilador bo‘lishdan oldin yaxshilab davolanishi, sog‘ligini mustahkamlab, so‘ngra onalikka tayyorlanishi kerak. Sog‘lom va durkun ayolda taksikoz bo‘lmaydi.  Aziz kelinchaklar, onalik baxti o‘z qo‘lingizda.  Durkun farzand dunyoga keltirish uchun avvalo, o‘zingiz sog‘lom bo‘lishga intiling!
Oilaning ustunlari -aziz o‘g‘lonlarimiz, ayolingizdagi nozik holatni his qiling va ushbu  davrda ularga yanada e’tiborli bo‘lib,  qo‘llab – quvvatlashga intiling. Baxtiyor otalik ana shu davrdan boshlanadi.

 Shoira BEKChANOVA, tibbiyot fanlari nomzodi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.