Kungaboqar pistasi magniyga boy ne’mat

0
2225
marta ko‘rilgan.

Kungaboqar pistasini xalqimiz azaldan xush ko‘radi. Shuning uchun u avvallari har qadamda sotilib o‘tirilardi.  Endilikda uni zamonaviy magazinlardan ham sotib olish mumkin. Qadoqlangan pistalar paydo bo‘ldi. Chunki u inson organizmi uchun juda foydali. Pistani tabiat tomonidan o‘ziga xos ravishda yaratilgan .Uning tarkibidagi muhim bo‘lgan oziq moddalar inson organizmida uzoq vaqt davomida saqlanish xususiyatiga egadir.

Bu mahsulot yarim to‘yingan yog‘ kislotalari, yog‘ va xolesterin almashinuvini normallashtirish xususiyatiga ega.

100 gr. pista o‘z tarkibida 311 mg. magniyni saqlaydi. Bu javdar noniga nisbatan olti barobar ko‘p demakdir. Magniy esa o‘z navbatida yurak qon tomirlari faoliyatini normallashtiradi.

50-60 gr. pista 20-30 gr. kungaboqar yog‘i bilan teng bo‘lib inson organizmini muhim bo‘lgan yarim to‘yingan kislotalar va ye vitamini bilan ta’minlaydi.

Bu vitaminlar esa bizning hayot faoliyatimiz uchun juda muhim sanaladi. Ayniqsa, pista tarkibidagi ye vitamini erkak va ayollarning reproduktiv a’zolariga ijobiy ta’sir etadi. Bolalarning bo‘ydor bo‘lishiga ta’sir qiladi. Organizmning zaiflashib qolishining oldini oladi. Jismoniy mehnat va sport bilan shug‘ullanuvchi insonlar uchun juda foydali. Shunday ekan unga faqatgina zerikish tufayli chaqiladigan ovunchoq sifatida qaramang.

Shoira Bekchanova,

Tibbiyot fanlari nomzodi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.