Maktab oshxonalari faoliyatiga ruxsat beriladimi?

0
84
marta ko‘rilgan.

Barcha ota-onalarni maktab oshxonalari faoliyatiga ruxsat beriladimi? Yoki yo‘q degan savol qiziqtiryapti.  Maktab oshxonalari faoliyat yuritishiga SSV tomonidan ruxsat berilgani yo‘q. Mabodo, ruxsat berilsa u qanday talablarga javob berishi kerak?

Maktab oshxonalari faoliyatiga ruxsat berilganda:

1.tana haroratini o‘lchanishi;

2. sog‘lom va issiq ovqatlarni tayyorlanishi;

3. bolalar ovqatlanish uchun o‘tirishlarida masofa 2 metrdan uzoqroq bo‘lishini ta’minlash;

4. bir stolda 4 dan ortiq bolalar o‘tirmasligini ta’minlash;

5. qo‘llarni sovunlab yuvish yoki antiseptik vositalar bilan ishlov berish uchun to‘liq sharoit bo‘lishi shart (suv, sovunlar, alohida qog‘oz salfetkalar va hokazo).

Shuningdek, Sanitariya va epidemiologiya xizmati tomonidan doimiy ravishda maktablar oshxonasi sanitariya va gigiena qoidalariga rioya qilishlari o‘rganiladi va nazorat qilib boriladi.

Bugungi kunda bu me’yorlar talab darajada saqlanishi maktab rahbariyati va xodimlari hamda ota-onalar nazoratida bo‘lishi kerak.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.