PIYOZNING  xalqona tabobatda ishlatilishi

0
15815
marta ko‘rilgan.

Piyozning shifobaxsh xususiyatlari juda ko‘p. Undan xalq tabobatida siydik haydovchi malham sifatida, turli yara, chipqon, singa, kolit, ateroskleroz, gipertoniya, avitaminoz kasalliklarida, manqa, xo‘ppoz, tumov, sizlog‘ich, hatto yumaloq gijjani tushirishda ham ishlatiladi.

Piyozning spirtdagi nastoykasini ichak, ateroskleroz, gipertoniya kasalliklariga, piyozni asal va olma bilan aralashtirib tomoq shamollashi, yo‘talga davo sifatida qo‘llaniladi.

Piyoz kishi organizmidagi qand miqdorini kamaytirish xususiyatiga ham ega. Shu tufayli suyuq ovqatlarga piyoz ko‘proq solinishi tavsiya etiladi. Ko‘k piyoz kaliy va karotin moddalariga boyligi tsfayli yurak mushaklarining yaxshi ishlashini ta’minlaydi, tanadagi ortiqcha suyuqlikni chiqarib yuborishda ko‘maklashadi. Tishlarining sog‘lom va mustahkam bo‘lishida ham piyozning foydasi katta.

Ilmiy tibbiyotda piyoz o‘simligining dorivor vositalari: nastoyka (allilgen), allilglitser (piyoz bosh ekstrakti bilan glitserin aralashmasi), ichak atoniyasi, kolit, ateroskleroz, gipertoniyaning ba’zi turlari, avitaminoz (singa va boshqa kasalliklar)ni davolash uchun ishlatiladi. Bu vositalar yana tumovda (rinit) burunning shilliq qavatlariga surtilib, davolanadi. Ginekologiya va trixomonadalikol kasalligini davolashda ham qo‘llaniladi.

 Foydali maslahatlar: Bir stakan piyoz sharbati teng miqdorda asal bilan aralashtiriladi. Shu doridan kuniga uch mahal ovqatdan bir soat oldin yoki ovqatdan 2-3 soat keyin 2 oy davomida tabga qarab bir choy qoshiq yoki bir osh qoshiq iste’mol qilinsa miya skleroziga davo bo‘ladi. Ikki hafta tanaffus qilib, yana 2 oy yeyish tavsiya qilinadi.

Yumaloq gijja (ostritsa)dan holi bo‘lish uchun sarxil piyozdan 15-20 grammdan kuniga iste’mol qilinib, muolaja 7-10 kun davom qilinadi.

 Piyoz barglari yorilgan teriga, qalinlashayotgan qadoqqa qo‘yiladi. Barra piyoz taom hazm bo‘lishini yaxshilaydi, sochning to‘kilishining oldini oladi. Uning sharbati bilan qanddan tayyorlangan vosita organizmni mustahkamlaydi.

 Gripp va nafas yo‘llari shamollaganda piyoz maydalab to‘g‘rab eziladi. Biror idishga solib, boshga kattaroq ro‘mol yopib hidlansa, yaxshi natija beradi.

Eslatma: Xom piyozni o‘tkir oshqozon-ichak, buyrak, jigar xastaliklari bor bemorlar iste’mol qilmasliklari lozim. Piyoz suvini burunga tomizish mumkin emas, chunki u yallig‘langan shilliq qavatga salbiy ta’sir qiladi. Burun kataklariga ham piyoz bo‘lagini tiqish aslo mumkin emas, chunki uni burundan tortib olish o‘ta qiyin kechib, shifokor yordami kerak bo‘lib qolishi mumkin. Yana o‘z vrachingiz bilan maslahatlashing.

Sa’dullayeva Fazilat,

1-Respublika tibbiyot kolleji  katta o‘qituvchisi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.