Rozmarin ham manzarali o‘simlik ham shifobaxsh

0
657
marta ko‘rilgan.

Rozmarin sug‘oriladigan bo‘z tuproqli yerlarda issiq va sovuqqa moslashuvchan efir moylariga boy buta o‘simlik. Barglari cho‘ziq, to‘mtoq uchli bargning ostki qismi dag‘al tukchalar bilan qoplangan. Mevasi yong‘oqcha shaklida.

Efir moylari rozmarin o‘simligining hamma qismlarida (ayniqsa yosh poya va gullarida uning miqdori 1,2% gacha) saqlanadi. Efir moyi o‘z tarkibida 50% pinen, kamfen, sineol, barneol va kamfora saqlanganligi sababli ulardan parfyumeria sanoatida, dorivor va insektatsiya preparatlari tayyorlashda foydalaniladi.

Xalq tabobatida o‘simlikning yer ustki barglari va yosh poyalaridan tayyorlangan damlama va spirtdagi eritmalari (nastoykasi) bosh og‘rig‘i, oshqozon – ichak kasalliklari, shamollashda, ayollarda uchraydigan ayrim xastaliklarni davolashda ijobiy naf beradi. Shu bilan birga organizmni tetiklashtirib, quvvat bag‘ishlash xususiyatiga ham ega.

Barglarida o‘ziga xos xid va ta’m berganligi sababli rozmarin go‘shtli mahsulotlarni pishirishda va ularni uzoq vaqt saqlashda ziravor sifatida ham qo‘llaniladi. Konditer mahsulotlariga qo‘shib tayyorlanganda o‘ziga xos ta’m va maza beradi. O‘simlik qish mavsumida ham barglarini to‘kmasligi va o‘ziga xos hid tarqatib turishini hisobga olgan xolda u park va xiyobonlar, xovli va dam olish maskanlarida manzarali buta sifatida o‘stiriladi.

Shoira Bekchanova,

tibbiyot fanlari nomzodi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.