Sharbatlarning xosiyatlari

0
253
marta ko‘rilgan.

Bolalarga meva sharbatlarini berish koni foyda. Sabzavot-u mevalarning sharbatlarini go‘dak hayotining birinchi yilida ham oz-ozdan muntazam berib turish organizmni vitaminlar bilan ta’minlaydi.

O‘rik sharbati – qon hosil bo‘lishini faol rag‘batlantiradi, o‘t haydovchi, issiqni tushiruvchi, ichni yumshatuvchi xossalarga ega. Ko‘rish qobiliyati, yurak-qon tomirlar tizimi va me’da-ichak yo‘li faoliyatini yaxshilaydi.


Olcha sharbati – kamqonlikda, o‘pka, jigar kasalliklarida, ich qotishlarida shifobaxsh ta’sirga ega, dizenteriya (ichburug‘) va yiringli infeksiya qo‘zg‘atuvchilari bo‘lgan stafilokokklar va streptokokklarga halokatli ta’sir qiladi.
Anor sharbati – undan gastrit(me’da shilliq qavatining yallig‘lanishi), singa kasalligi, kamqonlikda foydalaniladi. Yurak-qon tomirlari tizimi ishini yaxshilaydi. O‘zining umumiy quvvat bag‘ishlovchi ta’siri bilan foydali, biogen stimulyator hisoblanadi va me’da osti bezi kasalliklarida davo bo‘ladi. Ichni qotirish xususiyatiga ega.

Behi sharbati – qon hosil bo‘lishini faol rag‘batlantiradi. Nafas a’zolari kasalliklarida qo‘llaniladi.

Olxo‘ri sharbati – viruslarga qarshi tabiiy dori vositasi hisoblanadi. Yurak-qon tomirlar tizimini yaxshilaydi, surgi sifatida qo‘llaniladi.

Sabzi sharbati – ishtahani, hazm tizimi faoliyatini, ko‘rishni yaxshilaydi, tishlarni, asab tizimini mustahkam qiladi, immunitetni oshiradi. Infeksiyaga qarshi antioksidant hisoblanadi.

Oshqovoq sharbati – jigar, buyraklar, qovuq kasalliklari, kamqonlikda, moddalar almashinuvi buzilganda, semizlikda, qandli diabetda, ichak sanchiqlarida foydali.

Olma sharbati – pektinga boy, organizmdagi zaharli moddalarni so‘rib olishda adsorbent kabi ta’sir qiladi.Organizmni buyrak toshlaridan forig‘ qiladi. Nafas a’zolari ishini yaxshilaydi, yurak-qon tomirlar tizimini mustahkamlaydi.

Bekchanova Shoira,

tibbiyot fanlari nomzodi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.