Shifobaxsh giyohlarni asrash tartibi

0
331
marta ko‘rilgan.

Shifobaxsh o‘tlar xonaning salqin, quruq, bolalarning qo‘li yetmaydigan joyida saqlanadi. O‘t solingan quticha yoki paketni toza karton qutichaga soling va qopqog‘ini mahkam yopib qo‘ying.

Dorivor giyohlarni juda ko‘p miqdorda sotib olmang. Aks holda ularni uzoq vaqt saqlaganda shifobaxshlik xususiyati kamayib qoladi. Qutichaning og‘zini ochib, giyohdan keragini olgach, keyin uni yana mahkam yopib qo‘ying. 

Na’matak va qora qorag‘at (smorodina)ning saqlash qoidalariga juda puxta rioya qilish zarur. Chunki, yorug‘likda, nam xonada, harorat pasayib ketganda bu o‘simliklar tarkibidagi vitaminlar, avvalo, askorbin kislota kamayib ketadi.

Efir moyi tutadigan o‘simliklar – moychechak guli, dorivor valeriana ildizi, yalpiz va mavrak (cho‘l yalpizi)larni saqlash  tartibi ham o‘ziga xos.  Ushbu giyohlarni alohida saqlash lozim. Shundagina ularning o‘tkir va xushbo‘y hidi bir-biriga o‘tib ketmaydi. Shuning uchun bu o‘simliklarni alohida shisha idishlarga solib, og‘zini pergament qog‘oz bilan o‘rab, polietilen qopqoq bilan yopib qo‘yish zarur.

Shifobaxsh o‘tlarni oziq-ovqat mahsulotlari, yangi hamda sarxil meva va sabzavotlar, yuvuvchi va dezinfeksiyalovchi vositalar yonida saqlash mumkin emas.

Xonadagi nam havo, yuqori harorat shifobaxsh o‘simliklarda, xususan, ularning tarkibida qand miqdori ko‘p bo‘lsa turli hasharotlarning ko‘payishiga olib keladi.

Sevara G‘oziyeva

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.