Shuvoqning salomatlikka foydali xususiyatlari

0
695
marta ko‘rilgan.

Xalq tabobatida 500 gramm  shuvoq 6 litr suvda mil-mil qaynatilib, 10 kun 3 mahal 50 grammdan ichilsa, ovqat hazmi buzilganda, jigar, me’da, taloq, o‘t pufagi kasalliklarida foyda qiladi.
Shuvoq qaynatmasidan 10 kun 3 mahal 50 grammdan parhyez bilan ichilsa (parhyez: non-choydan boshqa narsa yemaslik), bavosil, bezgakni tuzatadi, ishtahani ochadi, uyquni joyiga keltiradi, gijjalarni tushiradi.
Qaynatmani 15 kun 2 mahal yara-jarohatlarga surtib bog‘lansa, tuzatadi.
Qaynatmasini 10 kun 3 mahal 2 oshqoshiqdan ichilsa, hayzni me’yoriy holga keltiradi.
Shuvoqning ho‘lligida siqib olingan suvi sariq va istisqo kasalligida 20 kun 3 mahal 1 oshqoshiqdan ichilsa, foyda qiladi.
Qaynatmasini 15 kun 3 mahal 2 oshqoshiqdan och qoringa ichilsa, nafas yo‘llari shamollashi, kamqonlik, revmatizm, bronxial astma va uyqusizlik kasalliklarining oldini oladi.
Shuvoq qaynatmasi me’da-ichak yo‘li ishini jonlantirib, o‘t ajralishini va me’da osti bezi faoliyatini kuchaytiradi, ovqat hazmini yaxshilaydi. Ovqat tarkibidagi zararli bakteriya va zamburug‘larni o‘ldirib, yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, markaziy nerv sistemasini qo‘zg‘atib, yurak ishini joyiga keltiradi. (Qaynatmani 15 kun 3 mahal 2 oshqoshiqdan ichish kerak)

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.