Sog‘liqni saqlash vazirligi: DEZINFEKSIYA TUNNELLARI – KORONAVIRUSGA QARShI ENG FOYDASIZ ChORA

0
77
marta ko‘rilgan.

Jahonda koronavirusga qarshi kurashilayotgan bir paytda, ko‘rilayotgan har bir chora-tadbirning foydaliligi, samaradorligini o‘rganish, ayniqsa, ahamiyatlilidir.

Lekin profilaktika maqsadida qo‘llaniladigan ayrim choralar samarasiz ekanini, qaytaga salbiy oqibatlari ko‘proqligini vaqt ko‘rsatib qo‘ymoqda.

Shunday choralardan biri dezinfeksiya tunnellaridir. Hozirda bunday tunnellar deyarli har bir tashkilot, xususan, umumiy ovqatlanish ob’ektlari, aeroport, temir yo‘l vokzallari, bozorlar, super market kabi qator muassasa binolari oldida o‘rnatilgan. Hatto kirish yo‘laklarining boshqa qismlari qizil lentalar bilan o‘ralib, odamlarga shu tunnel orqali o‘tishdan boshqa yo‘l qoldirilmagan. Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Ilmira Raziqova bunday tunnellaring inson organizmiga zararli tomonlari haqida so‘zlab berdi:

— Dezinfeksiya chorasi sifatida xlorli eritmalardan foydalanishni dunyo davlatlari tajribadan o‘tkazishdi. Amerikalik ekspertlarning ta’kidlashicha, ko‘chalarni dezinfeksiya qilish va dezinfeksiya tunnellaridan keng foydalanish ko‘proq insonlarni vahimaga tushmasligi yoki ularni tinchlantirish maqsadida amalga oshirilgan. Va, shuni aytish lozimki, xanuzgacha buning samarasi isbotlanmagan, — deydi mutaxassis.
— Dezinfeksiya tunnellarida foydalaniladigan xlorli eritmalar tibbiyotda juda ko‘p yillardan beri ishlatiladi va uning inson organizmiga xatarli ta’siri juda kuchli.

Kun davomida ishlab turgan tunneldan bir kishi qayta-qayta o‘tishiga to‘g‘ri kelishi mumkin. Davomiy ishlatilgan har bir kimyoviy modda inson organizmida allergik holatlarni keltirib chiqaradi. Allergolok Ilmira Raziqova buning asoratlari o‘ta xavfli tus olib ketishidan ogohlantiradi.

Mutaxassisning aytishicha, bu yuqori nafas yo‘llarining yengil qizarishidan to yengil kuyishgacha bo‘lgan xolatlarni chaqiradi. Buning natijasida insonda allergik rinit, konyuktivit, bronxit va hatto, og‘ir kasallik hisoblanuvchi – bronxial astmaga olib kelishi mumkin.

Maktablar faoliyatini qayta tiklash masalasi o‘rtaga chiqqanda, bolalarning sog‘ligiga salbiy ta’sirlari inobatga olinib, Sog‘liqni saqlash vazirligi ta’lim muassasalari oldida dezinfeksiya tunnellarini o‘rnatish qat’iyan man etilishini ta’kidlagan edi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ham bunday tunnellarning samaradorligi isbotlanmaganligini bildirdi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri matbuot kotibi

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.