Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan maktablarda bolalarni xavfsiz ta’lim olishi uchun belgilangan talablar

0
75
marta ko‘rilgan.

Quyidagilar SSV tomonidan maktablarda bolalarni xavfsiz ta’lim olishi uchun belgilangan talablar.

1.Sinflarda dars o‘tish jarayonida bolalar niqoblarda bo‘lishi shart.

2. Niqoblar har 2-3 soatda almashtirilishi kerak.

3.Bolalar orasida 2 metrdan ortiq masofani saqlash ham katta ahamiyatga ega.

4.qo‘llarni sovunlab yuvish yoki antiseptik vositalar bilan ishlov berish imkoniyatini yaratilishi shart.

5.Agar bolalarning oilalarida kasallangan bemor bo‘lsa, bunday holatda ular kasallik tashuvchisi bo‘lishi mumkin. Bunga ham e’tibor berish shart.

6.Bir sinfda o‘tirgan bolalar 45 daqiqa dars davomida, kun buyi 3-4 ta fan o‘tilsa, albatta, virus yuklamasi ko‘payishi mumkin.

Bunday holatlarda xonalar kuniga 3-4 martadan ko‘p shamollatilishi kerak.

7. Har kun yakunida xonalar va yo‘laklar dezinfeksiya vositalari qo‘shilgan eritmalar bilan dezinfeksiyalanadi.

8.Agar bolalarning barchasi belgilangan sanitariya qoidalariga rioya qilishsa virus yuklamasi kamayadi.

9.Shuningdek, maktabda yoki uyga kelishi bilan imkon qadar tez-tez tomoq chayib turilsa – virus yuklamasi yanada kamayishi mumkin.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.