Sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda ratsional ovqatlanish

0
3109
marta ko‘rilgan.

Sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda ratsional ovqatlanish masalalarini tahlil etish nafaqat mutaxassislarga, balki har bir inson uchun kerak. Ovqatlanish madaniyatining asosiy tamoyillari haqida har bir inson bilib qo‘ygani ma’qul.

 Millatning intellektual salohiyati ko‘p jihatdan ularning oqilona, sog‘lom ovqatlanishiga va toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishiga, shuningdek, millat genofondi, sog‘lom hayot kechirish davomiyligi, mehnat unumdorligi ko‘p jihatdan aynan tibbiyot fani belgilab bergan me’yorlarga mos keluvchi mineral va vitaminlar iste’mol qilishga uzviy bog‘liqdir.

 Ko‘proq mamlakatimizda yetishtirilgan meva va sabzavotlarni iste’mol qilish ma’qulroq, chunki odam tanasi shu yerning suvi, tuprog‘i va iqlim sharoitiga genetik moslashgan bo‘ladi. Ular har kuni kamida 400 gramm sabzavot va mevalar iste’mol qilishlari maqsadga muvofiq. 

 Ovqatlanishda albatta sarf bo‘lgan quvvat o‘rnini qoplash, tana vaznini me’yorda ushlab turish, ya’ni semirib ketish yoki ozib, holsizlanishning oldini olish muhim ahamiyatga ega. Bunda ham albatta odamning yoshi, jinsi, bo‘yi, mehnat turi inobatga olinishi shart.

Oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, aminokislotalar, yog‘ kislotalari va fitonsidlar miqdori balanslashgan bo‘lishi zarur. Oddiyroq qilib aytganda, oziq-ovqatlar turli-tuman bo‘lishiga e’tiborni qaratish lozim, shunda ular fermentlar tomonidan yaxshi parchalanadi va oson hazm bo‘ladi;

 Shirinliklar, yog‘lar va xolestirin miqdorini cheklash tavsiya etiladi. Hayvon yog‘lari va go‘sht mahsulotlarini haddan ziyod iste’mol qilish yaramaydi, ular o‘rnini o‘simlik yog‘i, mosh, no‘xat, loviya, baliq va parranda go‘shtiga almashtirish mumkin.

 Ovqatda kaliy miqdori yetarli darajada  bo‘lishi lozim, ya’ni osh tuzi  kuniga 5 grammdan oshmasligi kerak.

 Kun davomida (besh mahal) oziq-ovqat mahsulotlarini kam-kamdan va tez-tez qabul qilinishi foydaliroq bo‘lib, qonda qand va xolesterin miqdorining kamayishini ta’minlaydi.  Choyni ovqatlanishlar orasidagi tanaffuslarda iching.  Sut, qatiq, shuningdek tvorog, yogurt, pishloq yeb turing. Chunki ularning tarkibida  suyaklarni mustahkamlovchi minerallar mavjud.

Shoira Bekchanova,

tibbiyot fanlari nomzodi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.