Toza havo tanga davo

0
606
marta ko‘rilgan.

Shifokor-mutaxassislar dam olish kunlari tabiat qo‘ynida ko‘proq sayr etishni tavsiya etishmoqda. Sayr nafaqat toza havoda to‘yib nafas olishingizga imkon beradi, balki inson steril bo‘lmagan muhitda organizm uchun foydali bo‘lgan bakteriyalar bilan ham bevosita “muloqot”ga kirishadi.

Natijada bu foydali bakteriyalar immunitetga ijobiy ta’sir etib, uning zararli bakteriya va viruslarga qarshi chidamliligini oshirar ekan. O‘RVI (o‘tkir respirator virusli infeksiya)lar, gripp kabi kasalliklar immuniteti past “tegma nozik”larga yopishishi bejiz emas.

Ko‘proq ochiq havoda bo‘ling sayr qiling. Xalqimizda bir matal bor: Toza havo tanga davo. Bu bejiz aytilmagan.

Oysha Axunova

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.