Uzum

0
993
marta ko‘rilgan.

Uzumning shifobaxsh xossalari qadimdan ma’lum. Bugungi kunda barcha uzum navlarining  kimyoviy tarkibi chuqur tekshirilgan. Inson organizmi shifobaxsh  uzumni oson  o‘zlashtiradi.

Uning tarkibida 15 foyiz glyukoza, fruktoza mavjud. Uzumning to‘q tutishi sababi ham ana shunda. Bir kg uzum 700 kaloriyagacha issiqlik beradi.U tana a’zolarining faoliyatini yaxshilaydigan shifobaxsh ne’matdir. Shuning uchun ham bobolarimiz ertalab non bilan uzui is’temol qilishgan va boshqa narsani aralashtirishmagan. Shuningdek, uzumda odam uchun foydali boshqa moddalar bor. Masalan, organik kislotalar (olma, limon kislotalari) turli mineral moddalar (kaliy, kalsiy, temir, fosfor) va xushbo‘y moddalar bor.

Uzum sil kasalligining dastlabki davrida, me’da, jigar va buyrakning ba’zi kasalliklarida, surunkali ich qotishda, kamqonlikda muvaffaqiyat bilan ishlatiladi.

Uzumdagi organik kislotalar tishni yemirishi mumkin. Shuning uchun uzum yegandan keyin tishni tozalashni yoki og‘izni chayishni unutmaslik kerak. Uzumni yaxshilab yuvib yeyish, urug‘ini ajratib tashlash tavsiya etiladi.Biroq, fransuz olimlarining aniqlashishicha, uzum urug‘ida xolestirini yo‘qotadigan moddalar mavjud ekan. Ular farmatsevtikada bu usuldan foydalanishayapti.

Shuningdek, qandli diabetga duchor bo‘lganlar va semiz odamlar uzum yoyishlari mumkin emas. Uzum ularning holatlarini yomonlashishiga sabab bo‘ladi.

Uzum mayizi juda ham foydali. Hatto, birinchi jahon urushi yillarida mayiz askarlarga dori vositasi sifatida berilganligini tarix tasdiqlaydi. Mayizning yuz grammi 200 kaloriyagacha issiqlik beradi.

Shu bilan birga xalqimiz undan manzarali o‘simlik sifatida foydalanadi, hovli va bog‘larni bezaydi. So‘rilarga soyabon sifatida ishlatiladi. Uni ko‘paytirish ham oson, qalamcha qilib ekiladi.

Fazilat Sa’dullayeva,

1-Respublika tibbiyot

kolleji katta  o‘qituvchisi

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.