Xandon pistaning shifobaxsh xususiyatlari va iste’mol me’yori

0
1148
marta ko‘rilgan.

Xandon pista mazali, xushta’m va tansiq ne’mat hisoblanadi. Shu bilan birga tog‘li hududlarda va lalmi yerlarda o‘sishi bilan ham shifobaxshligi ortadi.

Mamlakatimiz Prezidentining “Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorida ham lalmi yerlardan foydalanishni rag‘batlantirish va samaradorligini yanada oshirish, ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh bo‘lgan yong‘oq, pista, sitrus mevalar ishlab chiqarish hajmini yanada ko‘paytirish va intensiv texnologiyalarni keng joriy etish borasidagi vazifalar belgilab berilgan.

Dasturxonlarimizning ko‘rki xandon pistaning tarkibida 40-60 foiz yog‘, 15-20 foiz oqsil, 3-4 foiz qand, mikro va makro elementlar, temir, mis, marganets, fosfor, yod, kalsiy, ruh (sink), uglevodlar, mineral tuzlar, hid beruvchi modda, dubil, karatin, A, D.E, C, B, PP va boshqa darmondorilar mavjud.

Yong‘oqlar kuchli allergiya qo‘zg‘atuvchi mahsulot bo‘lgani uchun uni iste’mol qilishda me’yorga rioya qilish lozim. “Dori” sifatida iste’mol qilinganida kuniga 10-15 donasi ya’ni 30 gramm kifoya. Xandon pista qon tarkibi va jigar faoliyatini yaxshilaydi hamda yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishini oldini oladi. Ularni har kuni iste’mol qilish o‘pka va boshqa organlar saratoni xavfini kamaytirishga yordam beradi, immunitetni oshiradi, xotirani mustahkamlaydi.

Xandon pista va barcha  yong‘oqlar barglarida efir moyi mo‘l. Shuning uchun issiq paytda pista va yong‘oq daraxtining tagida ko‘p o‘tirmaslik kerak. Aks holda sog‘ligingizga zarar yetkazadi.

Shoira BEKChANOVA, tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali vrach

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.