Yana rux (sink) minerali haqida

0
735
marta ko‘rilgan.

Rux mikroelementi  inson  sog‘lom va durkun bo‘lishida katta ahamiyatga ega. Ushbu mikroelement  moddalar almashishida faol ishtirok etadi. U inson organizmdagi metall hisoblanib, demak, vujudimizga ham ma’lum miqdorda  metall kerak ekan.

Organizmni baquvvat qilib ushlab turadigan narsa bizning gormonal holatimizdir. Bunda ruxning o‘rni nihoyatda muhim. Masalan, organizmda testosteron gormoni ishlab chiqarilishida rux faol ishtirok etadi.

Spermatozoidlar ishlab chiqarilishida ruxning ahamiyati katta. Gormonlarning yetishmasligi jiddiy salbiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi.

Masalan, ayollarda gormonal buzilishlarni kayfiyat tez-tez o‘zgarishida ko‘rish mumkin. Erkaklarda esa disgormonal prostatapiya kasalligi yuzaga kelishida rux yetishmovchiligi sabab bo‘ladi.

Rux insulin ishlab chiqarilishida ham faol qatnashadi. Bugungi kunda qandli diabet bilan kasallanganlarda ushbu mikroelement yetishmaydi.

Somatotropin gormoni bu o‘sish gormoni bo‘lib, rux mikroelementi organizmda ushbu gormon ishlab chiqarilishiga yordam beradi.Bolalarning sog‘lom va durkun bo‘lib rivojlanishida uning uning ahamiyati katta.

Rux tanani tashqi tarafdan keladigan salbiy radial nurlardan ham himoyalaydi. Shuningdek, ushbu mineral  miya va jigar hujayralariga, shuningdek, spirtli ichimliklarning organizmga salbiy ta’sirini ham oldini oladi.

U go‘sht, jigar, tuxum,  dukkakli donlarda, yong‘oqlarning barcha turlarida, ayniqsa, tog‘ bodomlari hamda ko‘katlar tarkibida mavjud. Ona yurt ne’matlarini bilib-bilib iste’mol qilsangiz, shifobaxsh, davosi ham  oddiy va arzon. To‘g‘ri ovqatlanishni o‘rganib oling.

Shoira BEKChANOVA, tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali vrach

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.