Yapon va Xitoy qo‘ziqorinlari saraton kasalligining oldini oladi

0
246
marta ko‘rilgan.

Qo‘ziqorinlar o‘ziga xos ta’mi va ifori bilan boshqa mahsulotlardan ajralib turadi. Parhyezshunoslar uni “o‘rmon go‘shti” ham deyishadi, chunki u haqiqatdan ham juda tez ochlik hissini yo‘qotadi. Xalq tabobatida qo‘ziqorin bir qancha kasalliklarni davolashda qo‘llaniladi. Lekin bolalarga qo‘ziqorinlarni berishda ehtiyotkor bo‘lgan afzal.

Qo‘ziqorinning foydali tomonlaridan biri uning oqsillarga boyligidir.Bu modda qo‘ziqorinda tuxum va go‘sht tarkibidagidan 2-3 barobar ko‘pdir. Fosfor va kalsiy esa xuddi baliqdagidek ko‘p  miqdorda. Unda 18 tur aminokislotalar bo‘lib, ular aqliy faollik bag‘ishlaydi, xotiraga yaxshi ta’sir qilib, ateroskeloroz rivojlanishining oldini oladi.
B guruhidagi B1,B2,B6 vitaminlar asab tizimining me’yoriy ishlashiga yordam berib, soch, tirnoq, terining holatini yaxshilaydi.
Mikroelementlar-mis,yod, marganets, ruh, fosfor, kaliy modda almashinuv jarayonini me’yorlashtirib, yurak-qon tomir kasalliklari bilan og‘rish xavfini kamaytiradi, virusli infeksiyalarga to‘sqinlik qiladi.

B-glyukanlar immun tizimiga yaxshi ta’sir qiladi, yana bu ne’mat saratonga qarshi faolligi bilan ham mashhur.

Ayni damda u past kaloriyali mahsulot bo‘lib, ozgina yesangiz, darrov to‘yib qolasiz. Parhyezshunoslar qo‘ziqorinning bu jihatidan foydalanib, uni taomlarga qo‘shishadi. Yaponiya va xitoylik mohir oshpazlar esa undan ajoyib taomlar va salatlar tayyorlashadi.

Ayniqsa, Yaponiya va Xitoyda o‘suvchi mamtake, shiitake va re-se nomli qo‘ziqorinlar tarkibida o‘ta kuchli immun tizimini mustahkamlovchi beta-glyukan nomli polisaxaridlar mavjud. Boshqa joylarda o‘suvchi oddiy qo‘ziqorinlarda bu moddalar kam  uchraydi, ba’zilarining tarkibida esa umuman yo‘q.. Shu sababli  Sharqning tabiiy va tansiq bu ne’matlarini quritilgan holda sotiladigan Yapon yoki Xitoy restoranlari, supermarketlar yoki bozorlardan topib qo‘ziqorinlar solinadigan turli taomlarga solib iste’mol qilish maqsadga muvofiq.

Gulchehra ShIRINOVA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.