Yo‘talning sababi turlicha bo‘lishi mumkin

0
181
marta ko‘rilgan.

Vaqti-vaqti bilan xurujsimon yo‘tal sizni bezovta qilsa allergelog – shifokor qabuliga yoziling.

Yana yo‘talning sababi virusli va bakteriyali infeksiyalar ham bo‘lishi mumkin. Shuningdek, o‘pka kasalliklari, bronxit, sil, o‘sma xastaliklarida hamda yurak nuqsoni(yurak astmasi)da qon aylanish buzilganida ham kishini yo‘tal tutadi.

Kashandalar va passiv chekuvchilar(kashandalarning yonida zaharli tutun yutishga majbur bo‘lgan odamlar)ni ham yo‘tal bezovta qiladi.

Umuman olganda sizni nima sababdan yo‘tal tutishini vrach-pulmonolog(o‘pka kasalliklari bo‘yicha mutaxassis) rentgen tasvirini ko‘rib, allergolog esa organizmingiz qanday allergenlarga qarshi reaksiya ko‘rsatayotganini maxsus tekshirishlar orqali aniqlaydi. Zarur bo‘lsa kompyuter tomografiyasi tekshiruvi ham bemorga tavsiya etiladi. Qon va peshobning laborator tahlillari va zarur qo‘shimcha tekshirishlar natijasida bemorga davo muolajalari mutaxassis tomonidan buyuriladi.

Gulchehra ShIRINOVA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.