ZAYTUN YOG‘INING ShIFOBAXSh XUSUSIYATLARI

0
8036
marta ko‘rilgan.

Zaytun yog‘i tarkibida to‘yinmagan yog‘ kislotalari – olein kislotasi bor. U inson organizmidagi xolesterinni parchalaydi, qon tomirlari devorini mustahkamlaydi. Kishining umumiy sog‘lig‘ini tiklaydi, turli kasalliklarga shifo bo‘ladi.

Zaytundagi linol kislotasi tanadagi jarohatlar tez bitishiga, ko‘z ravshanligiga yordam beradi. Yurak kasalliklari (falaj, xuruj) oldini oladi, ularni samarali davolaydi. Keksalar yuragi faoliyatini yaxshilaydi,  arteriya qon tomirlarini egiluvchan (elastik) qiladi. Sistolik, diastolik qon bosimini pasaytiradi, qondagi xolesterin miqdorini  me’yorida ushlab turadi.

Ovqat hazm qilish a’zolariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ooshqozon, ichaklar, oshqozon osti bezi, jigar faoliyatini yaxshilaydi Oshqozon, o‘n ikki barmoqli ichakdagi yaralarni tuzatadi, ich kelishini ravon qiladi. Organizmning yosharishiga yordam beradi.

Zaytun yog‘ini har kuni iste’mol qilish yurak-tomir tizimidagi stenokardiya, infarkt, saraton, xususan ayollardagi ko‘krak saratoni, qandli diabet, semirish kasalliklari xavfini kamaytiradi.  Zaytun yog‘i insonning yosh, navqiron ko‘rinishiga ko‘maklashadi. Zaytun yog‘i tarkibidagi moddalar qondagi zaharli  triglitsirid miqdori oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi, suyakni mustahkamlaydi, yuqori arterial qon bosimini me’yorlashtiradi, bavosir (gemorroy) kasalligini davolaydi.

Ruhiy kasalliklarning oldini oladi. Jumladan, tushkunlikni bartaraf etadi. Chunki,  miya faoliyatini rivojlantiradi, xotirani kuchaytiradi. Shuningdek, zaytun yog‘i miya faoliyati bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etadi, qarilikni sekinlashtiradi, Yaratganning izni bilan kishiga uzoq umr bag‘ishlaydi.

Zaytun yog‘i teriga surtilsa, uni nafis qiladi, u labga, qovoqlarga surkab turilsa, labni chiroyli qiladi, ko‘zni quvvatlantiradi, soch, tirnoq o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, sochlarni mustahkam, egiluvchan qiladi (Buning uchun zaytun yog‘ini iste’mol qilish bilan birga sochlarga surtish kerak), Uning yog‘ini is’temol qilish o‘ta quruq terini muloyimlashtiradi, ovozni mayinlashtiradi, tishni, milkni mustahkamlaydi.

Sevara Gazibaeva,

1-Respublika tibbiyot kolleji

kafedra mudiri

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.